«PSJ» 15 yoshli «Manchester Yunayted» hujumchisi Djey-Djey Gabriyelning mumkin bo'lgan transferi ustida ishlamoqda.

Foot Mercato ma'lumotlariga ko'ra, yosh ingliz futbolchisi Manchester klubini tark etishni xohlaydi va allaqachon bir qator yetakchi evropalik jamoalarning e'tiborini tortdi. Parijliklar bir necha oydan beri ushbu iste'dodli futbolchining rivojlanishini kuzatmoqda va endi aniqroq harakatlarga o'tishni rejalashtirmoqda. 

O'tgan mavsumda yosh futbolchi «Manchester Yunayted» U18 jamoasi uchun 23 o'yinda 23 gol urdi, hozirgi mavsumda esa UEFA Yoshlar Ligasi doirasida azarbayjonlik «Sabah»ga qarshi debyut o'yinida hat-trik qayd etdi.