Belgiya qanot o'yinchisi «Lion» Malik Fofana Angliya Premer-ligasida faoliyatini davom ettiradi. Ushbu ma'lumotni jurnalist Santi Auna e'lon qildi.
Manbaning xabariga ko'ra, 21 yoshli o'yinchi tez orada «Sanderlend»ga o'tadi. Klublar hujumchini 34,9 million evro evaziga transfer qilishda kelishib oldilar. Fofana «qora mushuklar» bilan besh yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda. Shuningdek, shartnomada yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham ko'zda tutilgan.
Avvalroq, Fofana xizmatlariga Londondagi «Arsenal» qiziqish bildirgani xabar qilingan edi.
Hozirgi mavsumda qanot o'yinchisi barcha musobaqalarda olti uchrashuvda maydonga tushib, ikki marta raqiblar darvozasini ishg'ol qildi.
