Madridning Real klubi yarim himoyachisi Manuel Angel o'z karerasini tumanli Albionda davom ettiradi. Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqlardagi ma'lumotlarga ko'ra, Londonning Fulhem klubi 22 yoshli futbolchini sotib olish bo'yicha kelishuvga erishdi.

«Qirolicha» klubi kelishuvga ko'ra, Angeldan keyingi potentsial transferdan ulush oladi.

O'tgan mavsumda Ispaniya chempionatida 22 yoshli futbolchi faqat to'rt o'yin o'ynab, gol urmagan.

Angliya Premer-ligasining dastlabki ikki turida Fulhem ikkita mag'lubiyatga uchradi. «Dachniklar» turnir jadvalida 16-o'rinda turibdi.