Argentinalik yarim himoyachi va Londondagi «Chelsi» futbolchisi Enzo Fernandess «Manchester Siti»da faoliyatini davom ettiradi. Bu haqda insayder Janluka di Marcio ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum qildi.
«Shaharchilar» muzokaralar olib borib, yulduz futbolchini transfer qilish bo'yicha asosiy kelishuvga erishdilar. Tez orada Fernandess kelishuvni rasmiylashtirish uchun Manchestergacha boradi.
25 yoshli futbolchining transfer narxi 100 million evro deb baholangan. U «pensionerlar» safida 2023 yildan beri o'ynaydi.
O'tgan mavsumda APLda Fernandess 36 ta o'yin o'tkazib, 10 ta gol urdi va 4 ta assist berdi.
