Yarim himoyachi Djaymi Bayno-Gittens Londondagi «Chelsi»ni yaqin kelajakda tark etmaydi. Bu haqda mashhur insayder Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Manbaning ma'lum qilishicha, «pensionerlar» futbolchiga nisbatan pozitsiyasi o'zgarmagan – u ijaraga berilmaydi. Shu sababli, o'yinchining «Stamford Brij»da qolishi kutilmoqda.
Bayno-Gittens Londondagi klubga o'tgan yilning yozida qo'shilgan. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2032-yilning iyun oyida tugaydi. 22 yoshli ingliz futbolchisi uchun transfer narxi 30 million evroga baholanmoqda.
