Avvalgi ingliz futbolchisi Gari Nevill «Arsenal»ning ikkinchi turda «Aston Villa»ga qarshi o‘yini haqida taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Uchrashuv «kanonirlar»ning minimal g‘alabasi bilan yakunlandi. Yagona golni 59-daqiqada Bukayo Saka kiritdi.

«Aston Villa» ko‘plab o‘yinchilarni yo‘qotganidan keyin qayta qurilish jarayonini boshlamoqda. «Arsenal» uchun bu muhim g‘alaba – raqiblar tomonidan darvozaga hech qanday zarba berilmadi. Sabrlilik, xotirjamlik, yetuklik. «Arsenal» o‘yinni to‘liq nazorat qildi. Arteta o‘z jamoasining barqarorligidan aniq mamnun bo‘ladi», – dedi Nevill o‘yindan keyin Sky Sportsda.

Londondagi buyuk klub yangi APL mavsumida ikki turdan so‘ng oltita ochko to‘pladi. «Villa» hisobida esa hozircha nol ochko mavjud.