«Aston Villa» Angliya Premier-ligasidagi uy o'yinida «Arsenal»ga minimal hisobda yutqazdi. «Kanonirlar» g'alabasini Bukayo Sakaning 59-daqiqada urgan goli ta'minladi.

Unai Emery boshqaruvidagi jamoa nafaqat hech qanday ochko to'plamadi, balki ikkita boshlang'ich turda hech qanday gol urmadi va birorta zarba ham darvoza yo'nalishida amalga oshirmadi. Opta ma'lumotlariga ko'ra, bu statistikalar yig'ilganidan beri (2003/04 mavsumidan boshlab) jamoa ikki turdan so'ng darvoza yo'nalishiga zarba bermaslik holati faqat ikkinchi marta ro'y bermoqda. Bunday holat avval «Swansea»da 2017/18 mavsumida sodir bo'lgan edi.

O'tgan mavsumda Angliya chempionatida «villanlar» 65 ochko to'plab, to'rtinchi o'rinda tugatgan edi.