Fransiya terma jamoasining qanot hujumchisi Bradli Barkola «Liverpul» safiga qo'shildi. Vinger bilan shartnoma imzolanishi haqida «qizillar»ning matbuot xizmati rasmiy saytida e'lon qildi.
Mersisaydliklar ish shartnomasining aniq muddatini ma'lum qilmadi. Mish-mishlarga ko'ra, Barkola ingliz klubida 2031 yilgacha o'ynaydi.
Matbuot ma'lumotlariga ko'ra, fransuz «PSJ»si «Liverpul»dan taxminan 145 million evro olgan.
«Lion» tarbiyalanuvchisi 2023 yildan buyon «PSJ»da to'p surdi. Parij klubida 23 yoshli hujumchi barcha musobaqalarda 152 uchrashuv o'tkazib, 39 gol urdi va 37 golli uzatma berdi.
