Londonning «Arsenal» yarim himoyachisi Martin Subimendi Madridning «Real» klubida faoliyatini davom ettirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda El Nacional xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko‘ra, Subimendi «Arsenal»dan ketishni va «Real»ga o‘tishni xohlamoqda. 27 yoshli ispaniyalik agentlaridan Madridga ko‘chishini tezlashtirishni so‘ragan. «Kanonirlar» allaqachon «Real»ga o‘z talablarini bildirishgan va agar ular qondirilsa, transfer amalga oshadi.

2025 yilda «Arsenal» Subimendini «Real Sosiadad»dan 70 million evro evaziga sotib olgan. Ushbu mavsumda u barcha musobaqalarda sakkiz marta maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Hozirda Subimendining ingliz klubi bilan tuzgan shartnomasi 2030 yilning iyunigacha amal qiladi.