Belgiyalik «Genk» darvozaboni Lyukka Bryugmans «Liverpul»ga o'tishga yaqin. Bu haqda insayder Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum qildi.
Angliyaning eng kuchli klubi belgiyalik tomon bilan muzokaralar olib bordi va 18 yoshli darvozabonning o'tishi bo'yicha kelishuvga erishdi. Bitim summasi 35 million evroni tashkil etadi. Bryugmansning «qizillar»ga kelishi kelasi yozda kutilyapti.
Darvozabon «Genk»da 2024 yil yozidan beri o'ynaydi. O'ychining mehnat shartnomasi 2030 yil iyunigacha davom etadi.
Ikki turdan so'ng Angliya chempionatida «Liverpul» ikki ochko to'pladi va turnir jadvalida 13-o'rinda turibdi.
