«Manchester Siti» ko‘plab moliyaviy qoidabuzarliklarda ayblanib, jiddiy jazoga duch kelishi mumkin. Bu borada «PSJ» prezidenti Nasser al-Xelaifi o‘z fikrini bildirdi.
«Birinchidan, biz bu yerda hali yakuniy qaror bo‘lmagan narsalarni baholash uchun emasmiz. Ikkinchidan, biz bir-birimizga yordam berish va qo‘llab-quvvatlash uchun keldik. Albatta, agar biror narsa noto‘g‘ri bo‘lsa… Men yurist emasman, lekin ularning apellyatsiya qilish huquqi borligini bilaman, shuning uchun bu yakuniy qaror emas. Biz hech narsa haqida gapirish holatida emasmiz – bu asosan APL va ularning klubi masalasi. Natijada nima bo‘lishini ko‘ramiz», - deya al-Xelaifini iqtibos keltiradi Goal portali.
Avvalroq APL mustaqil komissiya 2009 yildan 2018 yilgacha «Manchester Siti»da jiddiy qoidabuzarliklarni aniqlaganini ma’lum qilgan edi. Qoidabuzarliklar qatorida soxta shartnomalar tuzish va moliyaviy ko‘rsatkichlarni buzish ham mavjud.
