Amerika Qo'shma Shtatlari terma jamoasining hujumchisi Folarin Balogun «Monaco»ni tark etishi va Angliya Premer Ligasi'da faoliyatini davom ettirishi mumkin, chunki uning xizmatlariga «Everton» qiziqish bildirmoqda.

Fabrizio Romano tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan ma'lumotlarga ko'ra, Liverpul klubi amerikalik futbolchini transfer qilish uchun monakoliklarga rasmiy taklif yuborgan. Tomonlar o'rtasida muzokaralar olib borilmoqda.

Folarin 2023 yil avgustidan buyon «Monaco»da o'ynaydi. 25 yoshli hujumchining amaldagi shartnomasi 2028 yilning iyun oyida tugaydi. Balogunning bozor qiymati 50 million evroga baholanmoqda.