«Manchester Siti»ning katta emblemasi «Etihad» stadionida klubning moliyaviy qonunbuzilishlari to'g'risidagi mustaqil komissiya qaroridan so'ng buzildi. Bu haqda The Sun xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, emblemaning o'zida nojo'ya mazmundagi yozuv paydo bo'lgan. Noshir, ba'zi muxlislar bunday yo'l bilan qabul qilingan qarorga norozi ekanliklarini ifoda etganini ta'kidlagan.

Oldinroq xabar berilganidek, «Manchester Siti» komissiya xulosalarini rad etdi va apellyatsiya berish niyatini tasdiqladi. Klub qarorni 2-oktyabrgacha shikoyat qilishi mumkin. Hozircha jazolar belgilangan emas - bu alohida tinglovda aniqlanadi.