Argentinalik darvozabon Emiliano Martinez «Aston Villa»dan «Chelsi»ga o‘tdi. Bu haqda Londondagi klubning matbuot xizmati ma'lum qildi.

33 yoshli Martinez «Chelsi» bilan 2028 yilgacha shartnoma imzoladi. Mish-mishlarga ko‘ra, tajribali darvozabonning xaridi «ko‘klar»ga taxminan 8,8 million evroga tushdi. O‘zi esa yangi chaqiriqni qabul qilishni uzoqdan xohlagan.

Emiliano Martinez 2020 yildan beri «Aston Villa»da o‘ynab kelayotgan edi, u «Arsenal»dan o‘tgan. Shu vaqt ichida argentinalik 256 ta o‘yinda maydonga tushib, 305 gol o‘tkazib yuborib, 80 marta darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Ushbu davrda Martinez Argentina terma jamoasi bilan jahon chempioni bo‘ldi va ikki marta France Football versiyasi bo‘yicha yilning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.