Portugaliyalik yarimhimoyachi «Manchester Yunayted» Buru Fernandesh transfer bozorida talabga ega. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar orqali jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

32 yoshli yarimhimoyachining xizmatlariga Yevropa va Saudiya Arabistoni klublari qiziqish bildirmoqda. Ularning orasida Turinning «Yuventus» klubi ham bor.

Fernandeshning transferi uchun belgilangan to'lov miqdori 65 million evro ekanligi ta'kidlanmoqda.

Buru 2020 yil yanvaridan buyon «qizil shaytonlar» libosida o'ynamoqda. O'yinchining «MU» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyun oyida tugaydi.

Hozirgi mavsumda APLda portugaliyalik beshta o'yinda maydonga tushib, uchta gol urdi va bitta assist berdi.