Londonning Chelsi va Lester jamoalarining sobiq himoyachisi Robert Xut nemis qanot o'yinchisi Florian Virtsning «Liverpul»dagi kelajagi haqida fikr bildirdi.

«Virts – yaxshi o'yinchi, ammo uning jismoniy tayyorgarligida muammolar bor. Hozirda vaziyatning qanday o'zgarishini ko'rmayapman. O'ylaymanki, qishki transfer oynasida klub uni sotish imkoniyatlarini qidiradi, agar u hech qanday o'sish ko'rsatmasa. Florian «Liverpul» uchun qimmatga tushgan muammo bo'lib qoldi», - deydi Xut Goal orqali.

23 yoshli yarimhimoyachi «Liverpul»ga leverkuzenlik Bayerdan 136 million evro evaziga o'tdi. O'yinchining amaldagi shartnomasi 2030 yilning iyun oyigacha davom etadi.