Braziliyalik yarimhimoyachi Fred portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldunining professionalligi haqida gapirdi. Ikkala o'yinchi «Manchester Yunayted»da birga o'ynashgan.
«U yaxshi inson, lekin juda talabchan. Unga qarshi chiqmaslik kerak. Hammasi uning qoidalari bo'yicha bo'lishi lozim», - dedi Fred Charla podkastida.
«Men taxminan bir yarim soat oldin mashg'ulotga kelardim va uni allaqachon sport zalida topardim. Men chiqib ketardim, u esa hali ham u yerda bo'lardi. Va men o'zimga shunday derdim: «Xudoyim, bu inson haqiqatan ham boshqa darajada». U har jihatdan fenomen. U juda professionaldir».
«U o'zining suvini olib yurardi va bu suv Himalaylardan deb aytardi. Unga suyuqlik olib kirish taqiqlangan edi va u juda g'azablangan edi. Natijada, u suvdan voz kechishga majbur bo'ldi».
«U o'ynaganda, u monster. Albatta, yosh ta'sir qiladi, xohlasangiz ham, xohlamasangiz ham, lekin uning ajoyib talanti bor».
Avvalroq Fred sobiq «MYU» murabbiyi Erik ten Xag haqida fikr bildirdi.
