Asosiy murabbiy «Tottenhem» Roberto de Dzerbi jamoaning uchta o'yinchisi transfer oynasi yopilishidan oldin klubni tark etmoqchi ekanligini ma'lum qildi.

Shanba kuni «shporlar» o'z maydonida «Nyukasl»ga 2:0 hisobida mag'lub bo'lishdi.

«Risharlison ko'p marta klubni tark etishni xohlayotganini aytdi. Danso ikki kun oldin menga murojaat qilib, klubni tark etish niyatida ekanligini bildirdi. Sarra bilan ham shunday, lekin u kichik jarohat oldi. Men bu o'yinchilarni sevaman, ular ajoyib yigitlar. Men bilan ularning yaxshi munosabatlari bor, lekin agar ular ketmoqchi bo'lsa, yechim topishimiz kerak. Agar barcha tomonlar shartlardan mamnun bo'lsa, biz ulardan ajralamiz va boshqa futbolchilarni topamiz», – deydi de Dzerbi Football.London nashriga.

«Tottenhem»ning keyingi o'yini 5 sentyabrda bo'lib o'tadi – londondiklar «Nottingem Forest»ga tashrif buyurishadi.