Chap himoyachi «Aston Villa»dan Yan Matsen «Manchester United»ga o'tishi ehtimoli past.
«Qizil iblislar» 24 yoshli futbolchini transfer oynasi yopilishidan oldin qo'shib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda, ammo «villalar» gollandiyalik futbolchini qo'yib yuborishni rejalashtirmayapti: Sky Sports ma'lumotlariga ko'ra, birminhamlik klub o'yinchiga yangi shartnoma taklif qiladi – muzokaralar tez orada bo'lib o'tishi kutilmoqda.
Yan Matsenning «Aston Villa» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha davom etadi. U «Chelsi»dan 2024 yil yozida 44,5 million evro evaziga sotib olingan. Transfermarkt baholashiga ko'ra, «ko'klarning» akademiyasidan chiqqan o'yinchining hozirgi narxi 30 million evrodir.
