«Nyu-kasl» bosh murabbiyi Matthias Yayssle «Tottenhem» ustidan qozonilgan g'alaba haqida fikr bildirdi. Angliya chempionatining ikkinchi turida o'yin 2:0 hisobida yakunlandi.

«Bu ajoyib edi. Biz klub va murabbiylar shtabi sifatida, maydonda jamoaning o'yin rejasini yuqori darajada bajarayotganini ko'rib, juda faxrlanamiz. O'ychilarimizning bizning ishimizga to'liq jalb qilinganini ko'rish ham yoqimli», - deydi mutaxassis Sky Sportsga bergan intervyusida.

«Bu yaxshi boshlanish, hozirgi paytda bu lahzadan bahramand bo'lishimiz mumkin. O'tgan hafta «Liverpul»ga qarshi ham yaxshi o'ynadik, shuning uchun yana bir kuchli raqibga qarshi o'yin biz uchun to'g'ri yo'lda yana bir qadam bo'ldi», - dedi Yayssle.

«Biz qanday chaqiriq bilan yuzma-yuz kelayotganimizni bilardik, lekin bizning bunga qanday munosabatda bo'lganimiz hayratlanarli edi. Murabbiy sifatida, doimo raqibga bosim o'tkazish mumkin bo'lgan joylarni aniqlashga harakat qilasan. Ularni izlaymiz, tahlil qilamiz - bugun bu juda muhim edi. Lekin umuman olganda, biz raqibdan qat'i nazar, maydonda o'z prinsiplarimizga amal qilishga harakat qilamiz va bugun bu ishladi», - deya qo'shimcha qildi u.

«Nyu-kasl» 4 ochko bilan APL turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda.