Londonning «Tottenhem» jamoasi murabbiyi Roberto de Dzerbi Misr hujumchisi Omar Marmushning transferi haqida fikr bildirdi. «Shporlar» Misr futbolchisini «Manchester Siti»dan 2026/2027 yilgi mavsum oxirigacha ijaraga oldi.

«Biz aynan shunday futbolchini jamoamizda ko'rishni xohlagandik. Bu ambitsiyali o'yinchi, g'alabalarga chanqoq. U maydonda farqni yaratishni biladi. Omar ajoyib hujum qobiliyatiga ega va yana rivojlanishi mumkin. Marmush bizning hujum o'yinimizni yangi darajaga olib chiqishi mumkin», - deydi mutaxassis klubning matbuot xizmati orqali.

Marmush 2025 yil yanvaridan buyon «Manchester Siti» uchun o'ynadi. Hujumchi 62 ta o'yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi.