Avvalgi «Liverpul» futbolchisi Jon Oldridj merseysaydliklarni o'z tarbiyalanuvchisi Jarell Kuanasni «Bayer»dan qaytarishga chaqirdi.

«Agar men «Liverpul»da bo'lsam, Kuanasni qaytarishga harakat qilardim. U 66 million evro evaziga qaytarish opsiyasiga ega, va bu men uchun aniq bir yechim. Agar Van Deyk ketadigan bo'lsa, klub uning nomzodini ko'rib chiqishi kerak», — dedi Oldridj Liverpool Echo'ga.

Mutaxassisning fikricha, avvalgi «Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot himoyachini «Bayer»ga osonlik bilan yuborib, xato qildi.

«Kuanas Arne xato qilganini isbotladi. U «Bayer»da juda yaxshi o'ynayapti va Angliya terma jamoasi uchun ham yaxshi natijalar ko'rsatmoqda», — qo'shimcha qildi merseysaydliklarning sobiq o'yinchisi.

Ushbu mavsumda 23 yoshli Kuanas «Bayer»da olti o'yin o'tkazdi va bitta golli uzatma berdi.