«Liverpul»ning bosh murabbiyi Andoni Iraola muxlislar bilan aloqaning ahamiyati haqida gapirdi.

Ispan mutaxassisi yozning boshida, ishdan bo'shatilgan Arne Slot o'rniga tayinlandi.

«Bizning maqsadlarimizdan biri – muxlislar bilan aloqani o'rnatish. Men har doim o'yinchilarga aytaman: «Muxlislar sizning o'rningizda bo'lsa, aynan shuni qilishardi. Ha, muxlislar, ehtimol, to'pni yuqori burchakka burab qo'yolmaydi, lekin ular o'ylashadi: «Agar men maydonda bo'lsam, barcha kuchimni sarflardim, har bir to'p ortidan yugurdim, bo'sh joyga hujum qilardim, bosim o'tkazardim, to'plarni olish uchun kurashardim».

Biz ushbu asosiy narsalarni sifatli bajarishimiz kerak. Bu muxlislar bilan mustahkam aloqani o'rnatishga yordam beradi, jamoani va ommani yaqinlashtiradi. Shunday qilib, biz yanada kuchliroq bo'lamiz», – deydi Iraolaning so'zlarini Anfield Sector keltirmoqda.

Bugun soat 14:30da «Liverpul» va Nottinhem Forest o'rtasidagi ikkinchi tur uchrashuvi boshlanadi. Uchrashuv «Enfild»da bo'lib o'tadi.