Mashhur insayder Fabrizio Romano Londondagi «Arsenal»ga Madridning «Real»idan hujumchi Endrikning o'tishi haqidagi mish-mishlarga javob berdi.

Transfer bo'yicha mutaxassisning so'zlariga ko'ra, braziliyalikning Angliya poytaxtiga ko'chishi haqida gaplar haqiqatga to'g'ri kelmaydi.

«Endrikni «Arsenal» bilan bog'laydigan yangiliklar mutlaqo yolg'on. «Arsenal» «Real» uni qo'yib yubormasligini biladi. Madridda Endrikni saqlab qolish bo'yicha oxirgi qaror qabul qilinganiga ikki hafta bo'ldi», – deya Madrid Universal Romano so'zlarini keltirmoqda.

20 yoshli hujumchiga avvalroq «Liverpul» qiziqish bildirgan edi, ammo o'z navbatida o'yinchi asosiy tarkibda joy olish uchun kurashishga qaror qildi.