Avvalgi «Liverpool» futbolchisi Djaymi Karraher moliyaviy qoidalarni ko'p marta buzganligi uchun «Manchester Siti»ga beriladigan jazolar haqida fikr bildirdi.

Karraherning fikricha, «shaharchilar»ga beriladigan jazolar uzoq muddatli bo'lishi kerak.

«Menimcha, jazolar bir necha yil davom etishi kerak – uchdan besh yilgacha, shunda o'yinchilar ketishadi. Agar bu faqat bir mavsum bo'lsa, bir nechta o'yinchilar ketishadi, lekin ba'zilari: «Men bu yil davomida sabr qilaman» deydi,» - deb keltiradi Karraherni The Touchline.

Avvalroq «Manchester Siti» apellyatsiya bergan. Klub o'zining aybsizligini isbotlashga va jazodan qochishga qodir ekanligiga ishonadi.