Manchester Siti hujumchisi Erling Haaland Kristal Pelas ustidan (4:1) olingan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Norvegiya futbolchisi ikki gol urdi, shuningdek, Rayan Sherki ham dubl qildi.

«Oldindan tayyorgarlik jarayoni qisqa bo‘ldi. Faqat besh hafta oldin Sherki jahon chempionatida edi. Biz asta-sekin optimal holatga kelamiz, yana bir necha o‘yin o‘tkazishimiz kerak. Yangi murabbiyimiz bor, lekin biz allaqachon o‘ynashni boshladik va yaxshi natija ko‘rsatdik, garchi tarkibda yangi o‘yinchilar bo‘lsa ham. Mareska tizimiga ishonishimiz kerak», – dedi Haaland Sky Sports’ga bergan intervyusida.

«Shaharchilar» ikki turdan so‘ng olti ochko to‘pladi. 5 sentyabrda Enzo Mareska jamoasi o‘z maydonida «Koventri»ga qarshi o‘ynaydi.