Markaziy himoyachi Mamadu Sarr Londonning «Chelsi» klubidan Ispaniyaning «Real Sociedad» klubiga ijaraga o'tdi. Bu haqda San-Sebastyan klubining matbuot xizmati ma'lum qildi.

O'tgan yozda «Chelsi» 20 yoshli futbolchini «Strasburg»dan 14 million evro evaziga sotib oldi. Biroq, joriy yilning fevraligacha Sarr fransuz klubida ijarada o'ynadi.

«Chelsi»da himoyachi faqat yetti uchrashuvda qatnashdi va natijaviy harakatlar bilan ajralib turmadi.

Sarrning «Chelsi» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2033 yilning iyun oyigacha davom etadi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 22 million evro.