«Arsenal» 26 yoshli qanot o'yinchisi Rayss Nelsonning klubdan ketishini e'lon qildi. Londondagi klub va akademiya tarbiyalanuvchisi o'zaro kelishuv asosida shartnomani bekor qildilar.
Nelson «Arsenal» tizimida karerasining katta qismini o'tkazdi. U klub bilan birinchi professional shartnomasini 2016 yil dekabrida imzolagan va asosiy jamoada debyutini 2017 yil avgustda «Angliya» Superkubogi o'yinida «Chelsi»ga qarshi o'tkazgan.
Keyinchalik ingliz o'yinchisi «Xoffenhaym», «Feyenoord», «Fulxem» va «Brentford»da ijarada o'ynadi. O'tgan mavsum Nelson «Brentford»da 13 ta o'yin o'tkazdi va uch marta boshlang'ich tarkibda maydonga tushdi. U ba'zi o'yinlarni sog'liq muammolari tufayli o'tkazib yubordi.
Umuman olganda, Nelson «Arsenal»da 90 ta uchrashuv o'tkazdi, 8 ta gol urdi va 9 ta golli uzatma berdi. O'yinchining «Vest Xem»da karerasini davom ettirish imkoniyati mavjud.
