Turinning Yuventus klubi italiyalik darvozabon Gulyelmo Vikariyo o'yin darajasidan mamnun. U Londondagi Tottenxemdan ijaraga olingan. «Qadimiy xonim» futbolchini to'liq sotib olishga qaror qildi.
Insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlarda bergan ma'lumotlarga ko'ra, Turin klubi Vikariyo bilan uzoq muddatli shartnoma imzolamoqchi. Shartnoma 2030 yilgacha amal qiladi.
30 yoshli darvozabonning ijarasi 2027 yilning iyun oyida tugaydi.
Hozirgi mavsumda Italiya chempionatida Gulyelmo beshta o'yin o'ynadi va to'rtta gol o'tkazib yubordi. U uchta uchrashuvni nol bilan yakunladi.
