Yarim himoyachi «Milan» Yussuf Fofana bir nechta Angliya Premier Ligasi klublarini qiziqtirmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, 27 yoshli futbolchiga «Brighton», «Kristal Pelas» va «Nottinhem Forest» kabi klublar da'vogarlik qilmoqda. Hozircha «Milan» rasmiy taklif olmadi, lekin 15-20 million evro atrofida takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.

Hozirgi mavsumda Fofana birorta o'yinda maydonga tushmadi. Fransuzning «Milan» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o'rtalarigacha davom etadi.

Yarim himoyachining bozor narxi, Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, 23 million evrodir.