«Liverpul»ning hujumchi yarim himoyachisi Harvi Elliott italiyaning ikki Seriya A klubi tomonidan kuzatilmoqda.

Unga qiziqayotgan jamoalar orasida «Napoli» va «Latsio» bor, deya xabar bermoqda jurnalist Pit O'Rurk. Ikkala klub ham joriy transfer oynasining oxirgi kunlarida 23 yoshli futbolchini qo'lga kiritishga harakat qilishi mumkin.

Transfermarkt portaliga ko'ra, Harvi Elliottning bozor qiymati 20 million evroga teng. O'yinchining «Liverpul» bilan tuzilgan amaldagi shartnomasi kelasi yilning o'rtalarida tugaydi. O'tgan mavsumda yarim himoyachi «Aston Villa»da ijarada o'ynadi, ammo o'zini ko'rsatishga muvaffaq bo'lmadi: faqat to'qqizta o'yin o'ynab, bitta gol urdi.