Londondagi Arsenal jamoasi Meksika terma jamoasining hujumchi yarimhimoyachisi Xilberto Morani transfer qilish ustida ishlamoqda.
«Kanonirlar» hozirgi kunda yosh yulduzning jamoasi bo'lgan Tihuanaga bog'lanib, mumkin bo'lgan transfer shartlarini muhokama qilishdi, deb xabar beradi TEAMtalk. 14 oktyabrda futbolchi 18 yoshga to'ladi, shuning uchun o'tish yanvarda amalga oshishi mumkin.
Xilberto Moraning shartnomasida 25 million evro miqdorida to'lov belgilangan. Yosh yulduzga «Barselona», Madridning Real, Dortmundning «Borussiya»si va Benfika ham qiziqish bildirmoqda.
Mora joriy yilgi jahon chempionatida Meksika terma jamoasining asosiy tarkibiga kirdi va u to'rt ta o'yinda ishtirok etdi.
