«Aston Villa» «West Ham» markaziy himoyachisi Jean-Clair Todiboni transfer qilish imkoniyatini o'rganmoqda. Bu haqda The Athletic xabar bermoqda.

Birmingem klubi Ezri Konsaning «Arsenal»ga o'tishidan so'ng himoya chizig'ini kuchaytirishni izlamoqda. Dastlab «Villa» «Brugge»dan Joel Ordonezni qo'lga kiritishni rejalashtirgan edi, ammo muzokaralar ekvadorlik futbolchining jarohati va «Crystal Palace»ning qiziqishi tufayli to'xtab qoldi.

26 yoshli fransuz 2025 yilda «West Ham»ga «Nice»dan o'tdi va Londonda 54 ta o'yin o'tkazdi. O'tgan mavsumda uning jamoasi Championshipga tushib ketdi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Todibonning bozor qiymati 22 million evro.