«Manchester Siti»ning bosh murabbiyi Enzo Mareska o'zining oldingi murabbiyi Xosep Gvardiola haqida fikr bildirdi. Ispan mutaxassisi kelasi hafta «shaharchilar»ning «PSJ»ga qarshi o'yinini tomosha qilish uchun keladi.
«Men Xosep Gvardiola bilan «Manchester Yunayted» bilan o'yindan keyin, derbydan so'ng suhbatlashdim. Lekin men bilaman, u chorshanba kuni bu yerga keladi. Bu yerda o'n yil o'tkazganidan so'ng, u xohlagan paytda, istalgan vaqtda kelishi mumkin. Faqat o'yin uchun emas, balki mashg'ulotga ham – istalgan vaqtda. Menimcha, bu ham unga, ham muxlislarga, ham boshqalarga yoqadi», - dedi Mareska matbuot anjumanida.
Xosep Gvardiola 2016-2026 yillarda «Manchester Siti»ni boshqargan.
