Londondagi «Chelsi» jamoasi «Bornmut» ning yarim himoyachisi Aleks Skottni qo'lga kiritish uchun harakatlarini davom ettirmoqda. Bu haqda The Independent xabar bermoqda.

Avvalroq, «vishnilar» «ko'klar» tomonidan Skottga berilgan uchta taklifni rad etgani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgan edi.

Manbaning ma'lum qilishicha, «Chelsi» «Bornmut»ga yangi taklif yuborishga tayyorlanmoqda. Hozirda klub 23 yoshli ingliz futbolchisi bo'yicha barcha so'rovlarni rad etmoqda, lekin 93 million evrodan ortiq taklif vaziyatni o'zgartirishi mumkin, deb hisoblanmoqda. Agar summasi 105 million evrogacha yaqinlasha olsa, bu bitim ehtimolini yanada oshiradi, deya qo'shimcha qiladi manba.

Yangi mavsumning birinchi turida Angliya chempionatida Skott «Manchester Siti»ga qarshi (1:2) o'yinda 90 daqiqa maydonda bo'ldi, lekin gol urish bilan ajralib turmadi.