«Manchester Siti» Angliya Premer-ligasi (APL) bilan moliyaviy qoidalarni buzish bo‘yicha ishni hal qilish uchun muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Muzokaralar mustaqil APL komissiyasi klubni deyarli barcha ayblovlar bo‘yicha aybdor deb topishidan oldin o‘tkazildi. Muzokaralar tezda to‘xtab qoldi, chunki «Manchester» o‘zining aybsizligini qat'iy ta'kidlab keldi.
Tomonlar klubga katta moliyaviy kompensatsiya bilan cheklanish va APL dan chiqarilish hamda unvonlardan mahrum bo‘lish jazolaridan qochish imkoniyatini muhokama qilishdi.
«Manchester Siti»ga qarshi ish 115 ta moliyaviy qoidabuzarlik bilan bog‘liq. Klub aybdor deb topildi, ammo oxirgi jazolar hali aniqlanmagan.
