«Chelsi» «Manchester Yunayted»ning qanot o'yinchisi Marcus Rashfordni qo'shib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

«Qizil iblislar» rahbariyati 28 yoshli futbolchi bo'yicha muzokaralar o'tkazishga tayyor, ammo faqat to'liq transfer takliflarini ko'rib chiqadi – ijaraga berish takliflarini qabul qilmaydi, deya xabar bermoqda Transfer News Live The Independentga tayanib. Manchester klubi o'z tarbiyalanuvchisini sotishdan taxminan 30 million evro daromad olishni rejalashtirmoqda.

«Chelsi» uchun asosiy to'siq Rashfordning maoshi bo'lishi mumkin: «Manchester Yunayted»da o'yinchiga haftasiga taxminan 300 ming funt sterling (300 ming evrodan ortiq) to'lanadi. Eslatib o'tamiz, o‘tgan mavsumda ingliz futbolchisi «Barselona»da ijarada o'ynagan edi.