«Brayton» qanot o'yinchisi Yankuba Minte «Liverpul»ga o'tishi mumkin. Fabrizio Romano tomonidan berilgan ma'lumotlarga ko'ra, klublar o'rtasidagi muzokaralar to'xtab qoldi – so'nggi 24 soat ichida tomonlar kelishuvga yaqinlashmadi. «Qizillar» bozorni o'rganishda davom etmoqda. Merseysaydlilar uchun asosiy maqsad «PSJ» dan Bredli Barkola, lekin klub yana bir qanot o'yinchisi bilan hujumni kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Yankuba Mintening bozor qiymati Transfermarkt portaliga ko'ra 45 million evro deb baholangan. Yaqinda xabar berilganidek, 22 yoshli gambiyalik «Liverpul»ga o'tishni xohlaydi.
