Manchester Yunaytedning kapitani Bruno Fernandes «Arsenal»ning darajasini yuqori baholadi.
- «Arsenal» o‘tgan mavsumda ajoyib edi. Juda kuchli jamoa, unga qarshi o‘ynash juda qiyin. Nafaqat Premier Ligada, balki Chempionlar Ligasi finaliga ham chiqishdi. Ular hurmatga sazovor, va butun Premier Liga ularga hurmat bilan qarashi kerak, - deydi Fernandes The Touchline'ga.
O‘tgan mavsumda «Arsenal» 22 yil ichida birinchi marta Angliya chempioni bo‘ldi. «Manchester Yunayted» esa turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egalladi.
Yangi mavsumda APLda «Arsenal» «Coventry»ni 3:0 hisobida mag‘lub etib, g‘alaba bilan boshladi. «MYU» esa «Hall Siti»ga 0:2 hisobida yutqazdi.
