Dortmundning «Borussiya»sidan qanot o'yinchisi Matis Albert nemis Bundesligasini Angliya Premer-ligasiga almashtirishi mumkin. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda insayder Ekrem Konur xabar bermoqda.
Jurnalistning ma'lumotlariga ko'ra, «Manchester Siti» rasmiy ravishda 17 yoshli iste'dodli futbolchini sotib olish niyatida ekanligini bildirdi. Vaziyatni yana ikki ingliz klubi – «Arsenal» va «Liverpul» kuzatmoqda.
Amerikalik qanot o'yinchisi «shmellilar» bilan 2027 yilning iyunigacha shartnoma tuzgan. Transfermarkt uning bozor qiymatini besh million evroga baholamoqda.
Albert Dortmund jamoasiga o'tgan yilning yozida qo'shilgan.
