«Manchester Yunayted» o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida yarim himoyachi Karls Balebaning «Brayton»dan o‘tishini e'lon qildi.

Oldinroq, «Manchester Yunayted» ushbu o'yinchi uchun 65 million funt to'lashi, yana besh million funt bonus sifatida berilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

Baleba 2023 yildan beri «Brayton»da o'ynaydi, u fransuz klubi «Lill»dan ingliz klubiga o'tgan. Shu vaqt ichida yarim himoyachi jamoa safida barcha musobaqalarda 112 ta o'yin o'tkazdi.

«Manchester Yunayted» yangi APL mavsumini muvaffaqiyatsiz boshladi. Maykl Karriq jamoasi birinchi turda «Hall Siti»ga qarshi safarda 2:0 hisobida mag'lub bo'ldi.