Braziliyalik qanot o'yinchisi Savinyo rasmiy ravishda «Manchester Siti»dan «Tottenhem»ga o'tdi. Bu haqda «shporlar»ning matbuot xizmati xabar berdi. Shartnoma tafsilotlari oshkor etilmagan.
22 yoshli futbolchi yangi klubida 17-raqam ostida o'ynaydi. Mish-mishlarga ko'ra, hujumchini sotib olish «shporlarga» 87,7 million evro va 11,7 million evro miqdorida bonuslarga tushgan.
Braziliyalik o'yinchi 2024 yildan buyon «Manchester Siti»da o'ynagan. U barcha musobaqalarda 84 uchrashuvda qatnashib, 7 gol urdi va 16 assist berdi.
Savinyo'ning bozor narxi, Transfermarkt portaliga ko'ra, 35 million evroni tashkil etadi.
