«Manchester Siti» va londondagi «Tottenhem» Niderlandiyalik qanot o'yinchisi «Liverpool» dan Kodi Gakponi sotib olishga qiziqish bildirgan. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda insayder Ekrem Konur xabar bermoqda.

«Shporlar» o'yinchi uchun 70 million evro taklif qildi, ammo Merseysaydlardan rad javob oldi. «Qizillar» niderlandlikni sotishdan 85 million evro olishni rejalashtirmoqda. «Manchester Siti» esa, o'z navbatida, Gakponing agenti bilan muzokaralar olib bormoqda.

27 yoshli qanot o'yinchisi 2023 yil yanvaridan buyon Liverpool jamoasida to'p surmoqda. Kodining klub bilan mehnat shartnomasi 2030 yil iyunigacha davom etadi. Transfermarkt uning narxini 60 million evro deb baholamoqda.