Marokash milliy terma jamoasi va Lille yarim himoyachisi Ayub Buaddi yaqinda «Manchester Siti» futbolchisi bo'ladi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar orqali insayder Fabrizio Romano xabar berdi.
Jurnalistning ma'lumotlariga ko'ra, 18 yoshli futbolchi transferdan oldin muvaffaqiyatli tibbiy ko'rikdan o'tgan. Tomonlar barcha hujjatlarga imzo chekkan.
Shartnoma summasi 95 million evroni tashkil etadi. Yana besh million bonus sifatida qo'shiladi.
Buaddi - «Lille» akademiyasining tarbiyasidan o'tgan. O'tgan mavsumda iste'dodli yarim himoyachi «Lille» uchun 42 uchrashuvda qatnashib, bir assist bergan.
