Misr hujumchisi Omar Marmush «Manchester Siti»dan ketmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar orqali ma'lum qilinishicha, futbolchi boshqa APL klubida – Londondagi «Tottenhem»da o'z karerasini davom ettiradi.

Shartnoma summasi 64 million evro (bonuslar bilan birga) bo'ladi. Marmush «shporlar» bilan 2031 yilgacha mo'ljallangan uzoq muddatli mehnat shartnomasini imzolaydi. 48 soat ichida afrikalik futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tadi, shundan so'ng bitim rasmiylashtiriladi.

O'tgan mavsumda APLda 27 yoshli hujumchi 21 uchrashuv o'tkazib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi.