Misr forvardi Omar Marmush «Manchester Siti»ni tark etmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar orqali ma'lum qilinishicha, futbolchi boshqa klubda APL – Londondagi «Tottenhem»da faoliyatini davom ettiradi.
Shartnoma summasi 64 million evro (bonuslar bilan birga) bo'ladi. Marmush «shporalar» bilan 2031 yilgacha mo'ljallangan uzoq muddatli mehnat shartnomasini imzolaydi. 48 soat ichida afrikalik tibbiy ko'rikdan o'tadi, shundan so'ng shartnoma rasmiylashtiriladi.
O'tgan mavsumda APLda 27 yoshli hujumchi 21 uchrashuvda maydonga tushib, 3 gol va 3 golli uzatma qayd etdi.
