«Manchester Siti» yangi transfer taklifini «Chelsi»ning yarimhimoyachisi Enzo Fernandes uchun tayyorlamoqda.
«Shahar» jamoasi argentinalik futbolchini yozgi transfer oynasi yopilmasidan oldin qo'lga kiritishga qat'iy qaror qilgan. Mashhur insayder Gaston Edula xabariga ko'ra, yaqin kunlarda «Siti» yarimhimoyachi uchun yangi rasmiy taklifni taqdim etadi, «ko'klar» esa uning uchun taxminan 140 million evro talab qilmoqda.
Enzo Fernandes bugungi Angliya Premer-ligasining birinchi turidagi «Fulxem»ga qarshi o'yinda zaxira o'yinchisi sifatida o'yin boshladi. 25 yoshli futbolchining «Chelsi» bilan tuzilgan amaldagi shartnomasi 2032 yilning o'rtalarigacha davom etadi.
