Londondagi Arsenal qanot o'yinchisi Gabriel Martinelli «Al-Hilal»ga o'tishga yaqin.

Klublar o'yinchining transfer shartlari bo'yicha kelishuvga yaqin, bu haqda turli manbalar xabar berishdi. Jurnalist Nikolo Skira ma'lumotlariga ko'ra, «kanonirlar» braziliyalikni sotishdan taxminan 60 million evro daromad oladi. O'z navbatida, Martinelli «Al-Hilal»ga rozi bo'lgan: Saudiyada 25 yoshli futbolchiga yillik taxminan 20 million evro to'lanadi, shartnoma 2029/30 yilgi mavsum oxirigacha mo'ljallangan.

Arsenalda Gabriel Martinelli 278 o'yinda maydonga tushib, 62 gol urgan va 36 golli uzatma bergan.