Piero Inkapye juma kuni «Lids»ga qarshi Premier-liga o'yinida o'z o'rnida maydonga tushdi. O'yindan so'ng, qo'shimcha mashg'ulotlar uchun maydonda qolganida jarohat oldi. Shuningdek, Martin Subimenidi ham jarohat olib, o'tgan o'yinda 90 daqiqa zaxirada o'tirdi. «Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta bu jarohatlar haqida izoh berdi.

«Bu ideal holat emas. Bunday holatlarning takrorlanmasligi uchun nima qilish mumkin? Mashq qilmaslik. Agar futbolchilar umuman mashq qilmasa, jarohatlar ham bo'lmaydi. Lekin bunday bo'lsa, o'yin ritmi yetishmaydi va o'yinga ta'sir ko'rsata olmaydilar. 

Bunday jarohatlar o'yindan keyin, mashg'ulotda ham yuz berishi mumkin. Umid qilamanki, bunday holatlar takrorlanmaydi. Buning oldini olish uchun nima qilish mumkin? Agar men sehrgar bo'lsam, shunchaki aytardim: «Bolalar, ertagacha jacuzzi ga boringlar», - dedi Arteta jurnalistlarga.

«Arsenal» 13 oktabrda Chempionlar ligasida «Lill»ni qabul qiladi.