«Pari Sen-Jermen» vingeri Bradli Barkola, katta ehtimol bilan, «Liverpul»da o‘z karerasini davom ettiradi.
23 yoshli futbolchi, transfer oynasi yopilishidan oldin «qizillar» safini to‘ldirishiga ishonmoqda, ikkala klubning vakillari ham bitimni tezda yakunlashga qat’iy tayyor, deydi jurnalist Loik Tanzi. Barkolaning sotilishi, shubhasiz, Liga 1 tarixidagi eng qimmat sotuv bo‘ladi – transfer narxi 115 million evrodan oshishi kutilmoqda.
Bradli Barkolaning Transfermarkt saytida baholangan qiymati 90 million evro. Fransuz futbolchisi «PSJ» uchun jami 152 o‘yinda maydonga tushib, 39 ta gol urdi va 37 ta golli pas berdi.
